Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari bo‘yicha texnikumlar tashkil etiladi
16.04.2020 22:47,  
476

“Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, sharq tillari sohasida o‘rta bo‘g‘in professional kadrlarni tayyorlash, shuningdek, iste’dodli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish maqsadida Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari bo‘yicha texnikumlar tashkil etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar mazkur texnikumlarni sharq tillarini o‘qitishga moslashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish va  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralari ko‘riladi.

Shu muddatda ushbu texnikum bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан