Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda fuqaroni o‘g‘irlab, bosqinchilik qilgan jinoyatchilar ushlandi
25.08.2020 12:23,  
410

2020 yilning 11 avgust kuni soat 16:00 da 40 yoshli A.K., 39 yoshli R.K., 23 yoshli A.K., 35 yoshli B.B., 33 yoshli S.A. va 30 yoshli J.A., lar  oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Namangan shahri I.Karimov ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga kelishadi.

Ular o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, shu yerda ishlovchi o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 28 yoshli Sh.Q., dan 95.000.000 so‘m qarzini berishni talab qilishib, hech bir sababsiz uni badanining turli joylariga qo‘li va oyoqlari bilan urib do‘pposlab, Sh.Q.,ni “Jentra” rusumli avtomashinaga yuklab, uni o‘g‘irlab Namangan shahri, Ziyonur ko‘chasida joylashgan qurilishi tamomlanmagan binoga olib borishadi.

U yerda Sh.Q.ga sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlab yonida bo‘lgan 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (odam o‘g‘irlash) va 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) hamda  277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar ushlanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан