Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda 3 kishi Qirg‘iziston arog‘idan zaharlanib, vafot etdi, bu birinchisi emas!
6.01.2021 21:56,  
171

Avvalroq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan aroqni iste’mol qilgan 12 kishi zaharlangani, ulardan 2 nafari vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ayni vaqtda ushbu aroqdan vafot etganlar 5 nafarga yetdi. Bu haqida Qalampir.uz manbasi xabar bermoqda. 
Fuqarolar Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan To‘raqo‘rg‘on tumani Shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, zaharlanganlarning jami 5 nafari hayotdan ko‘z yumgan. 
Qayd etilishicha, ushbu aroqni boshqa-boshqa davralarda iste’mol qilganlar.
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан