Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda hokim o‘rinbosari 10 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
16.05.2021 13:04,  
379

Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkorga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqartirib berishni va’da qilib, o‘zi faoliyat yurituvchi boshqarmaning ma’muriy binosi yonida 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda darakchi.uz xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, u ushbu pullarni Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs ham Namangan shahrida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Tuman hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya a’zosi sifatidagi vakolatlaridan foydalanishni rejalashtirgan ushbu yuqori lavozimli shaxs boshqa MChJga qarashli yer maydonidan 10 gektarini ajratib berishni maqsad qilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан