Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda uch kishining jami 50 mln so‘mlik qoramollarini o‘g‘irlagan o‘quvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21.06.2021 12:08,  
109

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘zgalarning qoramollarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan uch kishidan iborat guruh aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 15 iyun kuniga o‘tar kechasi Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 16, 17 va 23 yoshli yigitlar 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, daraxtga bog‘lab qo‘ygan narxi 15 million so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketgan.

Ular o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kunning o‘zida 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi hovlisiga kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 15 million so‘mlik ikki bosh molini, shuningdek, 43 yoshli fuqaroning molxonasidan 20 million so‘mlik ikki bosh molini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан