Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangandagi masjidda o‘g‘rilik sodir etildi
7.02.2021 22:07,  
746

2021 yil 2 fevral kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 da Namangan shahar «Chorsu» dehqon bozorida joylashgan hojatxonada egnida bo‘lgan kurtkasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma’lum shaxs, kurtkaning cho‘ntagidan narxi 160 AQSh dollari bo‘lgan «Iphone 6S» rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 4-sonli JQB katta tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs jinoiy harakatlarini davom ettirib, Namangan shahar Chorsu MFY hududida joylashgan «Xo‘ja Amin» jome masjidiga namoz o‘qish uchun kelgan, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan narxi 600.000 so‘mlik erkaklar qishki oyoq kiyimini o‘g‘rilab ketganligi ham aniqlangan.

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini ma’lum qild

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан