Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Narkotik sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan dorilar qattiq nazorat ostiga olinadi
8.09.2019 13:56,  
343

O‘zbekistonda 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab narkotik sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan dori-vositalarning aylanishi qattiq nazorat ostiga olinadi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 6 sentyabrda imzolangan “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi”, qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, 2019 yilning 1 dekabridan boshlab kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilar miqdori nazorat ostiga olinadi va ularning chakana savdosi faqatgina ijtimoiy dorixonalar yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish litsenziyasiga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek,  2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash tartibi joriy etiladi.

Agar dorixonalarda mazkur talab muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilsa, bu holat litsenziyaning amal qilishini o‘rnatilgan tartibda tugatish uchun asos bo‘ladi.

Faqat qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallarida hozircha kamera o‘rnatish talab etilmaydi.

Undan tashqari, Toshkentda 2021 yilning  1 martidan boshlab O‘zbekistonda elektron retsept berish tizimi ishga tushiriladi. 2022 yilning 1 martidan boshlab esa ushbu tizim butun O‘zbekiston bo‘ylab ishga tushadi.

Ushbu tizim dorilar aylanish sohasida shaffoflikni, shuningdek belgilangan va sotilgan dori vostalarining miqdori va hisobini nazorat qilishni, dorilardan narkotik sifatida foydalanishni oldini olishni ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin mahalliy matbuotda Toshkentda aptekalarda sotilayotgan dorilardan narkotik sifatida foydalanish avjiga chiqaari haqidagi ma’lumotlar ko‘pchillikni hayratga solgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан