Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya Mudofaa vazirligi: Navalniy "Novichok" bilan zaharlangan
2.09.2020 22:26,  
358

Germaniya hukumati e’lon qilishicha, rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy "Novichok" deb nom berilgan markaziy nerv sistemasini falaj qiluvchi modda bilan zaharlangan. Buni Germaniya Mudofaa vazirligi laboratoriyasi aniqlagan. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar bermoqda.

"Novichok" sovet davrida O‘zbekiston g‘arbidagi kimyoviy qurollar laboratoriyasida ishlab chiqarilgan.

Orol dengizining janubi-g‘arbidagi "Vozrojdeniya" orolida joylashgan maxfiy laboratoriya 1990-yillar oxirida AQShlik ekspertlar ko‘magida zararsizlantirilgan.

AQSh Kongressi ayni maqsad uchun 6 million dollar mablag‘ ajratgan.

44 yoshli Navalniy 20 avgust kuni Sibirning Tomsk shahridan Moskvaga uchib borayotgan payt o‘zini yomon his qilgan.

Shunchalik yomonki, samolyot Omsk aeportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

So‘ng u Germaniyadagi "Sharite" shifoxonasiga olib uchib ketilgan, o‘shandan buyon komada qolmoqda.

Germaniya hukumati rossiyalik muxolifat faolining "joniga qasd qilinishi"ni qoralashini aytgan.

Rossiya tomonidan izoh so‘rashini ta’kidlab qolgan.

Germaniya tomoniga ko‘ra, Aleksey Navalniyning bu kabi modda bilan zaharlanishi shunchaki voqe’lik bo‘la olmaydi.

Rasmiy Berlin tekshiruv natijalaridan Yevropa Ittifoqi va Natodagi hamkorlarini ham ogoh etishini aytgan.

Keyin bunga birgalashib munosabat bildirishlarini ham qo‘shimcha qilgan.

Germaniyalik mas’ullar, bundan tashqari, Kimyoviy qurollar bo‘yicha tashkilot bilan ham bog‘lanishmoqchi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibining "Novosti" axborot agentligiga aytishicha, Germaniya tomoni bu natijalarni o‘zlari bilan o‘rtoqlashmagan. Qo‘llarida bunga o‘xshash biror bir ma’lumot yo‘q.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, mamlakat Bosh prokuraturasi ham hali-hanuz nemis tomonidan xuddi shu mazmundagi so‘roviga javob kutmoqda.

Rossiya tomoni Navalniydan Omsk kasalxonasida olingan namunalardan biror bir zaharli modda izlari topilmaganini ta’kidlab keladi.

Germaniyalik shifokorlar bungacha muxolifat faolini "xolinesteraza ingibitori guruhidagi modda bilan zaharlagan bo‘lishlari mumkinligi"ni aytib kelishgan.

Zaharli moddaning aynan nima ekani qorong‘u qolayotgan, uni aniqlash uchun tahlil uchun namunalar olinayotganini bildirishgan.

Ammo zaharning ta’siri "mustaqil laboratoriyada o‘tkazilgan qator testlar" natijasida tasdiqlanganini ma’lum qilishgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан