Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda nima gaplar? «Navbahor» va «Paxtakor» o‘yini yakunida muxlislar hisobdan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirdi
8.04.2021 11:25,  
435

«Navbahor» va «Paxtakor» o‘yini yakunida penalti belgilagan hakamga muxlislar chiqindi uloqtirgani va hisobdan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, o‘yingohga jami 15800 nafardan ortiq muxlislar kelgan. Uchrashuv davomida, o‘yinning so‘nggi 89-daqaqisida «VAR» tizimi orqali «Navbahor» futbol jamoasi darvozasiga 11 metrlik penalti belgilanib, 1:2 hisobida «Paxtakor» futbol jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangani «Markaziy» o‘yingohga to‘plangan futbol ishqibozlarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, o‘yin yakunlangach, e’tiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari ko‘rildi. Hakam, mehmon o‘yinchilar va «Paxtakor» fan klubining 35 nafar a’zolari nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yildi. Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi to‘liq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talafot yoki tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi.

Ma’lum qilinishicha, tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olinib, Davlatobod tuman IIBga olib kelindi hamda shaxsiga aniqlik kiritilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан