Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navbat Qashqadaryo hokimiga: Mahallasida ajrim bo‘lmagan raislarga 10 mln so‘mdan mukofot berib, eng yaxshi sihatgohlarga yuborishni va’da qildi
21.12.2021 22:04,  
51

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov mahallasida oilaviy ajrim kuzatilmagan mahalla raislarini 10 million so‘mgacha pul mukofoti berilishi va eng yaxshi sihatgohda bepul davolanishini ma’lum qildi. Bu haqda Murodjon Azimovning 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2022 yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan aholiga murojaatnomasida aytib o‘tildi.

«Yangi yil yakunida ajrimlar sodir etilmagan har bir raisga mahalliy byudjetdan 5 million so‘mdan 10 million so‘mgacha pul mukofoti joriy qilsak, menimcha, viloyat moliya boshqarmasi va deputatlar bu taklifimizni qo‘llab-quvvatlaydi», — degan viloyat hokimi.

U taklifni Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatovlar ham qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan.

«2022 yilda biz siz bilan Qashqadaryoda oilaviy ajrimlarga keskin qarshimiz degan kompaniyani boshlaymiz», — degan Murodjon Azimov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан