Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda bank mansabdorlari bilan til biriktirib, 5 ta MChJ orqali kreditlarni talon-toroj qilganlar aniqlandi
26.04.2021 08:54,  
293

Navoiy viloyatida o‘zining nomidagi 5 ta MChJ orqali kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro J.M. o‘zining rahbarligi va ta’sischiligi ostida 5 ta MChJni tashkil qilib, bank mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, mol-mulklarni sunʼiy oshirilgan narxda garovga qo‘ygan. 

Shundan so‘ng,  AT “Xalq bank” Navoiy shahar filialidan 2 ta holatda 2,9 mlrd so‘m, ATB “Mikrokreditbank” Karmana tuman filialidan 500 mln so‘m jami 3,4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini ajratilishiga erishishgan. 

Shundan 2,4 mlrd so‘mini o‘zi rahbarligidagi MChJlar orqali bank kassalaridan naqd pul shaklida va korporativ kartaga tushirib olib, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, J.M. faoliyati davomida jami 668 mln so‘mga savdo majmuasi hamda “Lacyetti”, “Damas” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан