Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda ishlab chiqariladigan Xitoyning “Oshan” avtomobillari narxi qancha bo‘ladi?
10.06.2020 13:13,  
3883

O‘zbekistondagi birinchi erkin iqtisodiy zona – “Navoiy” EIZ ham nafaqat bu borada mamlakatimizda ilk hudud, balki bugungi kunda bu yerda olib borilayotgan ish ko‘lami jihatidan ham yetakchilik qilib kelmoqda. Karmana tumanining 500 gektarlik maydonini egallagan mazkur biznes maydoniga ayni paytda Navoiy shahridan ham bir qator ob’yektlar va maydonlar qo‘shib berilgan.

– Bugungi kunda erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan korxonalar soni 50 dan ortiqni tashkil etadi, – deydi EIZ direksiyasining investorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jamshid Jumayev. – Xitoy, Eron, Turkiya kabi dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlari ishbilarmon doira vakillarining viloyatimizda biznes yuritishga ishtiyoqi baland. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Navoiy vohasi erkin iqtisodiy hudud maqomini olgani ham bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. EIZ hududida hozirda ko‘plab yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

“Navoiy – motors” O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi shulardan biri sanaladi. Umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha yurtimiz avtomobilsozlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratishni hamda yangi davrni boshlab berishni maqsad qilgan. Sababi Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarni endilikda shu yerning o‘zida yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

– Ayni paytda zavod qurish ishlari jadal davom etmoqda, – deydi korxona rahbari Sherzod Mo‘minov. – Yil yakuniga qadar mazkur ishlar to‘liq yakunlanib, avtmobillar yig‘ish va sotish ishlarini ham boshlab yuborish ko‘zda tutilgan. Avtomobillar narxi taxminan 13 ming AQSh dollaridan 30 ming AQSh dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан