Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda o‘quvchilarni fan olimpiadasiga olib ketayotgan Nexia avariyaga uchradi. Bir o‘qituvchi va o‘quvchi vafot etgan.
6.01.2021 10:37,  
282

Navoiyda fan olimpiadasiga ikki o‘quvchi va ikki o‘qituvchini olib ketayotgan Nexia avariyaga uchradi, deb xabar beradi “Kun.uz”. Ma’lum qilinishicha, 5-yanvar kuni Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlangan. Nurota tumanidan mazkur olimpiadaga ikki o‘quvchi va ikki o‘qituvchini olib kelayotgan Nexia avtomashinasi yo‘lda avariyaga uchragan.
Nurota tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bayramali Bobonazarovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga uchragan fuqarolar tumandagi 2-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari bo‘lgan.
Mashina “Qoraqarg‘a” dovonidan o‘tayotganda yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga haydovchi tezlikni oshirgani sabab bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан