Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda pochchasi bilan janjallashgan uka opasini pichoqlab tashladi
7.03.2021 22:00,  
2200

Navoiy viloyati Karmana tumanida pochchasi bilan ichib, mast bo‘lgan uka opasini pichoqlab tashladi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ertalab soat 9:00 atrofida Karmana tumanida yashovchi U.Sh pochchalari D. O. va I. bilan uyida birgalikda bayram nishonlagan. Birozdan so‘ng, I. uyiga ketgan va pochchasi D. O. bilan qolib, birgalikda spirtli ichimlik ichgan. Natijada mast bo‘lgan U.Sh. pochchasi bilan janjallashib qoladi. Oraga opasi tushib, ularni ajratish maqsadida turmush o‘rtog‘ini ko‘chaga chiqarib yuboradi. Bundan g‘azablangan U.Sh. opasining chap tomon yelka o‘mrov sohasiga qo‘lidagi o‘tkir oshxona pichog‘ini sanchib oladi. Og‘ir tan jarohati olgan H. tez tibbiy yordamda zudlik bilan shifoxonaga olib boriladi. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H. kasalxonada halok bo‘lgan.

Sud majlisida so‘roq qi­lingan sudlanuvchi U.Sh. aybiga iq­rorlik bildirmagan. Uning iddaosicha, tarvuz so‘yayotganda pichoq to‘­satdan opasining tanasiga kirib ketgan. Sud majlisida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S. T.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, U.Sh. ilgari ham spirtli ichimlik iste’mol qilib, tez-tez janjal chiqargan. Sud sudlanuvchi U. Sh.ni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qi­lish jazosini tayinladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан