Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiydagi bir maktabning 7 o‘quvchisi Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
19.05.2021 22:48,  
224

Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi AIMO Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi 2012 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Olimpiadada Osiyoning Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Filippin, Tayvan, Makao, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi mamlakatlarining 2-11- sinf o‘quvchilari bilan bir qatorda Bolgariya, Braziliya davlatlaridan ham o‘quvchi yoshlar ishtirok etishadi - deb xabar bermoqda ’Xalq so‘zi’.

Olimpiada ikki — saralash va final bosqichlaridan iborat. Joriy saralash bosqichida Navoiy shahridagi 16-umumta’lim maktabining 7 nafar iqtidorli o‘quvchisi — Dilnurbek Shodiyev, Botirbek Qodirov, Suxrobjon Isroilov, Nurafshona Muftillayeva, Akbarjon Zokirov, Amirshoh Muftillayev, Sardorbek Asqatov muvaffaqiyatli ishtirok etishib, oltin, kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Maktabning 4, 5, 6 va 8-sinflarida ta’lim olayotgan bu o‘quvchilar endi avgust oyida Koreya Respublikasi mezbonlik qiladigan final bosqichida ishtirok etishadi.

— O‘quvchilarning yutuqlarga erishishida Dilnoza Yodgorova, Dildora Norova, Muattar Xalilova, Zahira Isayeva kabi tajribali pedagoglarimizning mehnatini e’tirof etish joiz, — deydi maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Madamin Tursunov. — Ayni kunlarda ular o‘quvchi yoshlarni final bosqichiga individual grafik asosida tayyorlashmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан