Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiydagi kondan tarkibida oltin mavjud bo‘lgan 230 mln so‘mlik toshlarni o‘g‘irlayotganlar ushlandi
10.08.2020 09:44,  
313

Navoiy viloyatida eski kondan tarkibida oltin mavjud toshlarni o‘g‘irlagan ikki nafar shaxs Milliy gvardiya va IIB xodimlarining tezkor tadbirida qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Uchquduq tumanida joylashgan «Aygul-partiya» deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan toshlarni noqonuniy yo‘l bilan qazib olgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M. qo‘lga olingan.

T.J. Ford mashinasida 17 ta qopga joylangan 1 264 kilogramm og‘irlikdagi tarkibida oltin zarralari bo‘lgan mayda toshlarni, Sh.M. esa boshqa bir Ford’da 33 ta qopga joylangan 1 654 kilogramm og‘irlikdagi toshlarni hududdan olib chiqib ketayotganida to‘xtatilgan. Ularga nisbatan xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari bo‘lgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 grammi – 604 863,5 so‘m belgilangan narxda) tekshirib ko‘rilganda fuqaro T.J. tomonidan o‘zlashtirilgan 1,2 tonnadan ziyod og‘irlikdagi toshlardan 148 gramm (89 million so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan. Sh.M.dan olingan 1,6 tonnadan og‘ir toshlardan esa 234 gramm (141 million so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан