Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Neft baza»ga rahbarlikka tayinlash uchun 50 ming dollar talab qilgan IIB mayori qo‘lga olindi
3.07.2020 11:48,  
811

Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan Prokuratura va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni «Chinobod neft baza» mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX xodimlarining Prokuratura organlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida u kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан