Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Neftchi» stadionida hakam kaltaklandi (video)
1.12.2020 18:20,  
1328

Pro ligada mavsumning so‘nggi o‘yinida Farg‘ona derbisi — «Neftchi» hamda «Turon» o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda kichik hisobda g‘alaba qozongan Yaypan klubi o‘z tarixida birinchi marta Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Asilbek Qayumovning 81-daqiqada kiritgan goli «Turon»ga muhim g‘alabani keltirdi. Ushbu g‘alabadan keyin yaypanliklar ochkolari sonini 38taga yetkazib, «Neftchi»dan bir ochkoga o‘tib ketdi va 1-o‘rinni egallab Superligaga yo‘llanma oldi.

Uchrashuv yakunida stadionda janjal yuzaga keldi. «Neftchi» futbolchilari mag‘lubiyat alamini hakamdan olishdi. Futbolchilarga qo‘shilib klub muxlislari ham stadionga tushib kelib hakamni kaltaklashdi.

Katta ehtimol bilan «Neftchi» klubi va uning futbolchilari O‘FA hamda PFL tomonidan jiddiy jazoga tortiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан