Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega ayrim vaksina olganlarda ham kasallanish holatlari kuzatilmoqda?
7.07.2021 16:50,  
518

Bugungi kunda vaksina olganlarda ham kasallanish holatlari kuzatilayotgani va ulardan ayrimlari esa kasalxonaga tushib qolayotgani sabablarini Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ochiqladi.

Sevara Ubaydullayevaning qayd etishicha, buning birinchi sababi, ommaviy vaksinatsiya 2021 yil aprel oyi boshlangani uchun shu vaqtgacha O‘zbekistonda mavjud Astra-Zeneca, ZF-UZ-VAC 2001, "Sputnik V" vaksinalarini o‘z vaqtida olganlar organizmida immun himoya tanachalari ishlab chiqilgan va hali ishlab chiqilishi davom etmoqda. 

Shuningdek, emlanganlarda immun hujayralar ishlab chiqilishini maksimal himoya ko‘rsatkichi avgust oylari va undan keyin erishiladi. Bugungi kunda shu jarayonda to‘liq emlanib ulgurmaganlar, to‘laqonli immun himoyasi bo‘lmagan bo‘lsada, karantin qoidalariga rioya qilmaganliklari bois kasallanib qolmoqda.

’’Ikkinchi sababi, aholi orasida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilmaydiganlar mavjud, vaksina olayotgan vaqtda ularni organizmiga virus tushgan va kasallikni yashirin davri ketayotgan bo‘lishi mumkin yoki ba’zilar simptomlarsiz kasallikni kechirayotgan bo‘lishi mumkin. 

Aynan shunday kishilarda vaksina olgandan so‘ng ham hali immun himoya ishga tushmagani sababli kasallik yuzaga kelib chiqishi va PZR-testda tasdiqlanishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda vaksina olish vaqtida yoki olingunicha organizmiga virus tushgan bo‘ladi. Shu sababli, vaksina bu yerda o‘z ishini bajara olmaydi, vaksina faqatgina bu kasallikni yuzaga chiqadigan davriga to‘g‘ri kelib qolgan bo‘ladi’’
, - deydi Sevara Ubaydullayeva.

Ta’kidlanishicha, uchinchi sabab, vaksina, ayniqsa  Astra-Zeneca va "Sputnik V" kabi vaksinalar organizmga tushganida ular vektorli vaksinalar bo‘lgani bois organizmda yengil ORVI ko‘rinishida kasallik chaqirishi vaksinaning ko‘rsatmalarida ham keltirilgan.  

’’Vaksina olgandan keyin birlamchi immun himoya tanachalari 2 hafta davomida ishlab chiqilishi borasida biz doim gapirib kelamiz, shu vaksinatsiyadan keyingi davrda yengil ORVI kasalligini boshdan kechirish jarayonida himoyalanmagan kontakt, ya’ni karantin qoidalariga rioya qilmaslik koronavirusni organizmga kelib tushishini keltirib chiqaradi", - deya qo‘shimcha qildi Sevara Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан