Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niderlandiya komendantlik soati qonuniyligiga oid qaror chiqardi
20.02.2021 13:31,  
31

Vazir tungi komendantlik soati davom ettirilishi uchun favqulodda vakolatdan qonuniy ravishda foydalandimi yoki yo‘qmi? Niderlandiya sudi shu masalani hal qilishi kutilmoqda.

Gaaga shahridagi Apellyasiya sudi hukumatning mazkur holat yuzasidan bergan shikoyatini ko‘rib chiqishni boshladi. Zero, o‘tgan hafta boshidan komendantlik soati bekor qilinishi kerak edi.

Binobarin, mamlakatda tungi komendantlik soati 2 martga qadar davom etishi aytilmoqda. Kecha Parlamentda deputatlar navbatchilik qismi tekshiruvlarni to‘xtatmasligi kerak, degan xulosaga keldi. Ya’ni, sud qonuniy tarzda qaror qabul qildi va har kuni soat 21.00 dan 4.30 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida odamlarning bemaqsad xarakatlanishini chekladi. Qarorga ko‘ra, endi tartibni buzganlar jarimaga tortilishi mumkin.

Politsiya so‘nggi bir hafta ichida fuqarolarga nisbatan qat’iy chora ko‘rmagan, chunki vaziyat noaniq edi.

Bosh vazir Mark Ryuttening ta’kidlashicha, Gollandiyaning aksariyat siyosiy partiyalari virusga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan profilaktik tadbirlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Darvoqe, so‘rovnoma natijasida mamlakat aholisining 60-75 foiz qismi karantin qoidalariga rioya qilayotgani aniqlandi.

18 fevral holatiga ko‘ra, Niderlandiyada COVID-19 bilan kasallanganlar milliondan oshdi, 15 ming 211 nafar bemor vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан