Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
7.10.2021 09:27,  
27

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2021 yil 6 oktyabr sanasida Niderlandiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskvada shahrida joylashgan) Xilles Arno Besxoor Pluxni qabul qildi.

Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib, vazir uni mas’ul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Elchining kasbiy tajribasi o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston va Niderlandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirildi.

Suhbat chog‘ida siyosiy muloqotni, shu jumladan, O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi shaklidagi hamkorlik doirasida aloqalarni faollashtirish hamda parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishdan ikki tomon ham birday manfaatdorligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан