Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nima uchun Jismoniy tarbiya universiteti talabalariga haligacha stipendiya to‘lanmaganiga izoh berildi
16.11.2019 10:40,  
148

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, holat vazirlik tomonidan tezkor ravishda o‘rganilgan. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

Shu sababli, universitetda to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar o‘z navbatida talabalar tomonidan to‘lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog‘liq, deyiladi vazirlik xabarida.

Aytilishicha, hozirda barcha tashkiliy masalalar yakuniga yetgan va to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya o‘tkazib berilgan.

Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18 noyabr – dushanba kunidan tarqatilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar, ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari bilan muloqot qilishga tayyorligini bildirib, muammolar mavjud bo‘lsa, mana bu yerga yozib qoldirish mumkinligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан