Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nishon tumanida yana maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi
1.04.2022 23:09,  
322

22 mart kuni Nishon tumani Oydin mahallasida yashovchi, shu hududdagi 18-maktabning yuqori sinf o‘quvchisi o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda «Nasafnews» muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 22 mart kuni soat 22:00larda Nishon tumani «Oydin» MFYda yashagan, voyaga yetmagan Nishon tumani XTBga qarashli 18-sonli maktabni 10-sinfda o‘qigan, 2005 yilda tug‘ilgan X.N. o‘z joniga qasd qilgan.

Qiz o‘z yashash uyining ichki xonasi ustunlariga arqon ip bilan o‘zini-o‘zi bo‘yin sohasidan osib, voqea joyida vafot etgan.

«Nasafnews» manbasiga ko‘ra, marhuma qiz oila a’zolari va qo‘ni-qo‘shnilari bilan janjallashmagan. Uning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan.
 
Hozirda holat yuzasidan Nishon tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 9 mart kuni ham Nishon tumanidagi 21-maktabning yuqori sinf o‘quvchisi o‘zini daraxtga osib, o‘z joniga qasd qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан