Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta ro‘yxatga olish ishlari 2022 yil fevral oyiga qadar yakunlanadi
27.12.2021 22:26,  
28

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligida  Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengaytirilgan videoselktor bo‘lib o‘tdi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi 
axborot xizmatining xabariga ko‘ra, yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotini yanada yaxshilash, xatlov ishini boshlash, ularning ro‘yxatini shakllantirish hamda ba’zaga joylash bo‘yicha har bir viloyat va tumanlarda maxsus shtab tuzish haqida alohida ko‘rsatma berildi. 

Tizimdagi eng muhim vazifalardan biri – xatlov. 2022 yilning yanvar oyida Respublika bo‘ylab ishchi guruh o‘z faoliyatini boshlashi, sifatli va aniq ish olib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i,  tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi raisi bilan uyushgan holda mahallabay ishlashni yo‘lga qo‘yishi, uyma-uy yurib, mahalla raisi va QVP, OP xodimlari bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta ro‘yxatga olishi va bu ishni 2022 yilning fevral oyiga qadar tugatish zarurligi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан