Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nogironligi bor shaxslar soliqlardan ozod etilganmi?
17.06.2021 17:40,  
273

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi.

Avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi.

a) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravacha nogironni sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar;ik

b) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;

Faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan.

 Savolga “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislari javob berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан