Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nurmat Otabekov niqobni iyagiga va bo‘yniga ilib olganlarga munosabat bildirdi
11.05.2020 15:14,  
302

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Ayrimlar niqobni iyagiga va bo‘yniga ilib olgan. Bunga munosabatingiz?

— Bilib qo‘ying, koronavirus organizmga iyagingiz va bo‘yningiz orqali yuqmaydi.

Koronavirus organizmga burun, og‘iz va ko‘z shilliq pardasi orqali kiradi va rivojlanadi. Doka niqob bilan burunning, og‘izning, bir paytning o‘zida ikkalasining yopilmagani koronavirus qo‘zg‘atuvchisining  organizmga kirishiga yo‘l ochib beradi. 

Agar Siz doka niqobni to‘g‘ri taqib yurgan bo‘lsangiz, niqobni noto‘g‘ri taqib yurgan odamga albatta e’tiroz bildiring. Negaki, ushbu shaxs nafaqat o‘zining, balki, Sizning salomatligingizga ham xavf soladi. Uning esa bunga haqqi yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан