Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek bokschilarining jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
9.09.2019 11:55,  
9

Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida XX jahon chempionati boshlanadi.

Jahon chempionati bahslariga qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, musobaqada vatanimiz sharafini himoya qiladigan charm qo‘lqop ustalari nomi aniq bo‘ldi.

-52 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Rio-2016 olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirov birinchi davrada turkmanistonlik Gulijonovga qarshi ringga ko‘tarilsa, -57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov esa bahslarga ikkinchi davradan qo‘shiladi. Shuningdek, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolov kabi yetakchi bokschilarimiz ham birinchi davradan ozod etilgan.

Qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya)/Ivanov (Polsha)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Ben Baziz (Jazoir)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina)/Mikkalef (Chernogoriya)

-75 kg: Fanat Qahramonov – Davaasuren (Mo‘g‘uliston)

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Narmandax (Mo‘g‘uliston)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya)/Teysheyra Da Silva (Braziliya)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina)/Ramazon Purdelavar (Eron)

Germaniyada o‘tkazilgan so‘nggi jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov oltin medalga sazovor bo‘lgandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан