Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek chegarachisi cho‘kayotgan qozog‘istonlik ayolni qutqardi
8.05.2019 13:58,  
5

O‘zbek chegarachisi "Keles" chegara oldi kanalida cho‘kayotgan qozog‘istonlik ayolni qutqarib qoldi, deb xabar berdi O‘zA.

"4 may kuni DXX qo‘shinlari va Javlon Terminal Group kompaniyasi xodimining birgalikdagi sayi harakatlari bilan "Keles" chegara oldi kanalida cho‘kayotgan ayolni qutqarishga muvaffaq bo‘lindi", - deyiladi xabarda.

Nashr xabariga ko‘ra, cho‘kayotgan ayol 33 yoshli Aynur Askarova ekanligi aniqlangan.

Qozog‘istonlik chegarachilar ham ayolga yordam ko‘rsatib, kerakli tibbiy yordamni amalga oshirganlar.

Ayni vaqtda ayol salomatligi xavfdan xoli, deb qo‘shimcha qilgan nashr.

Aytgancha, Keles daryosining uzunligi 241 kilometrni tashkil etadi, u Karjantau tog‘idan boshlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан