Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Oliy ta’lim vaziri maktablardagi majburiy mehnat haqidagi savolni eshitmaslikka oldi
3.08.2017 12:05,  
3

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vaziri Inom Majidov xalqaro-press klub yig‘ilishi davomida jurnalist tomonidan viloyatlarda o‘quv dargohlari xodimlarining qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinishi to‘g‘risidagi savoliga javob berishdan qochdi.

Sputnik nashirining yozishicha, OAV xodimi o‘z savolini og‘zaki aytib eshittirgach, undan mikrofonni olib qo‘yishlarini so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta muqaddam Sof.uz saytida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinayotganiga doir ma’lumot audioyozuvli dalil bilan e’lon qilingan edi

Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirasi direktorlar majlisida o‘qituvchi va bog‘cha xodimalarini paxta «chekanka»siga jalb etish, kartoshka ekish, pensiyalarni plastikka o‘tkazish uchun pensionerlardan ariza yig‘ish, qandaydir «kerakli» kitob hamda konsertga pul yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergani audioyozuvda o‘z aksini topgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан