Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar








O‘zbekistondagi eng talab katta bo‘lgan oliygohlardan biri yopiladi
6.10.2017 00:16,  
5

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali yopiladi. O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, oliygoh faoliyati 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tugatiladi. Filial talabalariga o‘zlari o‘qiyotgan yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishni shu yerda tugatish imkoniyati beriladi.

Hozircha oliygohning yopilish sabablari ma’lum qilinmadi. Ammo Iqtisodiyot va Sog‘liqni saqlash vazirliklari ana shunday taklif bilan chiqqanliklari ma’lum.

Mazkur o‘quv yurti 1998 yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining Farg‘ona filiali sifatida tashkil etilgandi. 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga aylantirilgan.

Keyingi besh yil davomida oliygoh eng talab katta bo‘lgan hududiy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib kelgandi — bu yerda bir o‘ringa 20 nafardan abituriyent to‘g‘ri kelgan.

Bo‘lajak talabalar xavotirga tushishmasa ham bo‘ladi. 2017 yilda O‘zbekistonda bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalari paydo bo‘ladi. Toshkentda AQShning Vebster universiteti ochiladi. Olmaliqda Moskva po‘lat va qotishmalar institutining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining tayyorlov markazi ish boshlaydi.

Mamlakatda yaqin vaqt ichida jami bo‘lib beshta yangi oliygoh hamda 16ta universitet va institutda 12 yo‘nalish bo‘yicha kechki va sirtqi bo‘limlar ochish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz








Tavsiya etamiz

Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan