Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning har bir hududida bittadan yangi tipdagi Prezident maktablari ochiladi
16.11.2018 13:34,  
11

O‘zbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

«Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar — Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bu ishni Qoraqalpog‘istondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi.

Kelgusi yili Qoraqalpog‘istonda 2 ming 400 o‘rinli 7 ta maktab qurilishi, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi a’zolari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Videoselektor orqali uni shahar va tumanlarda keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан