Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAV: Tanzaniyada avj olgan noma’lum kasallikdan 15 kishi vafot etdi
9.02.2021 12:22,  
238

Tanzaniyada noma’lum infeksiyani yuqtirib olish oqibatida kamida 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi «RBK». Bu haqda Africa Feeds nashri mamlakat sog‘liqni saqlash organlari vakillariga tayanib xabar bergan.

«Bu kasallik hozircha keng tarqalmagan, uning avj olishi faqat bitta ma’muriy okrugda yuz berdi, u yerda odamlar qon qusib, vaqtida kasalxonaga olib borilmaganlari o‘la boshladi», — dedi Mbeya viloyati Chunya okrugi bosh shifokori Felista Kisandu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tekshiruv ko‘rsatishicha, asosan erkaklardan iborat bo‘lgan bemorlar oshqozon yarasi va jigar kasalliklaridan azob chekkan.

Mwananchi nashri qayd etishicha, Tanzaniya sog‘liqni saqlash vaziri mintaqaga ekspertlar guruhini yuborgan. Olimlar kasallikning avj olish sabablarini o‘rganishi va tadqiqot uchun namunalar olishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан