Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAV va matbaa faoliyati uchun guvohnoma berish endi my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi
21.03.2020 11:18,  
193

Ommaviy axborot vositalari jamiyatda «to‘rtinchi hokimiyat» deb nomlanadi, sababi ular qonun ustuvorligi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ammo ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish va ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi, bu esa o‘z navbatida uzoq vaqt sarflab va har doim ham yaqin joyda bo‘lmagan davlat idoralariga qayta-qayta tashrif buyurishni talab qilishi mumkin.

Ushbu muhim sohalar faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart- sharoitlarni yaratish maqsadida Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish Markazi tomonidan litsenziya olish va ro‘yxatga olish imkonini beruvchi qator xizmatlar my.gov.uz orqali ishga tushirildi, ular: 

▪️ nashriyot faoliyati; 
▪️ matbaa faoliyati; 
▪️ ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Endi yuqorida ko‘rsatilgan faoliyatlar uchun litsenziya va guvohnoma olish uchun ariza beruvchilar davlat muassasalariga shaxsan murojaat qilishlari shart emas. Buning uchun  YaIDXP ning «Litsenziyalash» bo‘limida kerakli davlat xizmatlarini topish, tegishli maydonlarni to‘ldirib ariza yuborish va ko‘rib chiqish natijasini kutish kifoya. Bundan tashqari, xizmatlarni «OAV», «matbaa», «noshirlik» kalit so‘zlarini kiritib saytning qidiruv tizimidan bir necha soniyada  topish mumkin.

Mazkur xizmatlarni YaIDXP da joriy etish hisobiga jismoniy va yuridik shaxslar uchun katta qulayliklar yaratildi, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirildi, jumladan:

- ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — 30 kundan 15 kungacha qisqartirildi;

- matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnoma olish — 15 kundan 10 kungacha qisqartirildi;

- noshirlik faoliyatini litsenziyalash — 20 kundan 10 kungacha qisqartirildi.

Noshirlik faoliyati uchun litsenziya olishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravar miqdorida to‘lov undiriladi, bu ayni paytda ikki million ikki yuz o‘ttiz ming so‘mni tashkil etadi, biroq xizmat YaIDXP orqali bajarilsa 10% chegirma beriladi, bu esa ikki yuz ming so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash tadbirkorga imkoniyat demakdir.

Bundan tashqari, bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar litsenziya berilganlik uchun  belgilangan tartibda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojidan ozod qilinadi.

Ushbu qulay imkoniyatni beruvchi xizmat elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish Markazi, Yagona integrator UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан