Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Odamlarni 645 million so‘mga «uxlatgan» «hokimning onasi» qo‘lga olindi
10.11.2019 19:55,  
14999

Xo‘jayli tumanida «hokimning onasiman, hokimning opasiman» deb odamlarni 645 millon so‘mga «uxlatgan» ayol qo‘lga olindi, deb yozadi «Xabar».

Xo‘jayli tumanida firibgarlik jinoyatlarini sodir etib yurgan Tamara Madreymova ismli ayol huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor ishlari natijasida qo‘lga olingan.

Tamara Madreymova muqaddam 5 marotaba firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, sudlanganiga qaramay, 2018 yil dekabridan 2019 yil avgustiga qadar fuqaro S.J. bilan tanishib, o‘zini «Xo‘jayli tumani hokimining opasiman» barcha muammolaringizni o‘zim hal qilaman, yer olib beraman hamda «Nukus shahar Markaziy bozordagi buzilgan 9 ta do‘koningizning pullarini undirib beraman», deb aldab, uning jami 645 000 000 so‘m naqd pullarini qo‘lga kiritib, qaytarib bermagan.

«Eng asosiysi, xavfli retsidivist hisoblangan T.Madreymova mobil telefon orqali o‘z ovozini o‘zgartirib gaplashgan. Ya’ni «men hokimning onasiman, hokimning opasiman» degan hiyla-nayranglari bilan odamlarni g‘aflatda qoldirgan», – deyiladi xabarda.

Xo‘jayli tumani hokimligining qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda tumani IIB Tergovchilari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Tamara Madreymova tegishli tartibda, qamoqqa olingan.

Tergov natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан