Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti etib saylandi
25.12.2021 15:34,  
126

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Ahmedov Odil Olimjonovich O‘FA vitse-prezidenti lavozimi hamda O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga tayinlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2021 yil 25-sentyabrda o‘tkazilgan hisobot saylov Kongress bayoni va O‘FA ustavi 37-moddasi hamda Ijroiya Qo‘mitaning 04/2021-sonli bayonining qaroriga asosan O‘FA Ijroiya Qo‘mitasi a’zolarining vakant joylarini to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shoabduraxmonov Rustam Mavzurovich, O‘zbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri birinchi o‘rinbosari Karimov Avaz Qudratullayevich, “O‘zbekneftgaz” Atsionerlik jamiyati boshqaruv raisi Abdullayev Mehriddin Razzoqovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Komilov Kozimjon Fozilovich, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Xodjayev Alisher Jo‘raqulovich nomzodlari tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан