Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘FA va O‘zPFL yilning eng yaxshilarini taqdirlash maqsadida UZ Football Awards marosimini o‘tkazadi
15.12.2021 16:43,  
20

Mamlakatimizda 2021 yilgi futbol mavsumi o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Barcha rasmiy musobaqalar yakunlanib, yil sarhisobini amalga oshiradigan payt ham borgan sayin yaqinlashmoqda. 

Ortda qolayotgan yil hech shubxasiz o‘zbek futboli tarixida o‘z izini qoldiradi. 2021 yil mobaynida turli yoshdagi terma jamoalarimiz, shuningdek yurtimiz sha’nini xalqaro maydonda himoya qilgan klublarimiz ko‘plab yodda qolarli uchrashuvlarni o‘tkazishdi, Coca-Cola Superliga, mamlakat kubogi va boshqa ko‘plab ichki musobaqalarimiz juda shiddatli va murosasiz o‘yinlarga boy bo‘lgani hamda kurash oxirgi turlarga qadar davom etgani bilan uzoq vaqt xotiramizda qoladi. 

Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi. 

UZ Football awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni Zo‘r TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан