Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ohangaronda mahbusni mayor va operlar kaltakladi
11.02.2021 21:40,  
2533

So‘nggi yillarda qamoqxonalarda mahbuslarga zo‘ravonlik qilish holatlari sezilarli kamaygan bo‘lsa ham butunlay yo‘q bo‘lib ketmadi.

Saytimizga Ohangarondagi 48-raqamli (avvalgi raqami 69) “kolonka”da mahbus Fayzullohni kuchishlatar xodimlar ayovsiz kaltaklashgani xabari yetib keldi.

Mayunusov Fayzulloh Hasan o‘g‘li 1991 yilda Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvama QFYda tug‘ilgan. 244-modda bilan olti yilga hukm qilingan. Shu kunlarda Fayzulloh sensor telefon ishlatib, unda diniy ma’ruza eshitgani uchun kaltaklab jazo berishgan. Bu Zohid ismli mayorning smenasida sodir bo‘lgan. Kaltaklash jarayonida koloniya boshlig‘ining yordamchi navbatchisi (qisqacha DPNK) Zohid ismli mayordan tashqari “nachalnik oper” Oybek, “starshiy oper” Mirazizlar qatnashgan.

Bu “kolonka”da ilgari o‘tirganlardan shart-sharoitini surishtirdik.
-  Kalonkaning avvalgi nomeri 69 bo‘lgan. Uni ikkinchi Jasliq deb ham atashardi. Xozyaini J. Z. Jumaboyev, qattiqqo‘lligi bilan kolonkani “Jasliq”qa aylantirgan ham o‘sha. 2018 yilning yozida rejimi bir oz yumshagan. U oldin bu yerda ishlab ketib qolgan, keyin yana qaytgan. Kaltaklagan operni ham taniyman, poraxo‘r odam. Mahbuslardan pora undiradi-da, yana “kazyollik qilma”, deb do‘q ham qilib qo‘yadi, - deb tushuntirdi eski mahbuslardan biri.

O‘sha kuni yuqorida aytilgan kishilar Fayzullohning oyog‘ining ostiga 50 martadan ko‘p dubinka bilan urgan. Kaltaklash jarayonida mayor “sanlar vatan xoinisan, sanlarni otib tashlash kerak” deb aytgan. Oqibatda Fayzulloh yura olmay qolganidan boshliqning oldiga ko‘tarib olib chiqishgan. Boshliq jabrlanuvchining ahvoli og‘irligini ko‘rgan va o‘ziga kelishini hisobga olibb 13 kunga ShIZOga jo‘natgan. Fayzulloh hozir ham ShIZOda.

Mahbusga zo‘ravonlik voqeasi tafsiloti tarqalib ketganidan keyin navbatchi mayorni asrab qolish uchun vaqtincha DPNKlikdan bo‘shatib turishibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан