Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oksana Chusovitina sakkizinchi marta olimpiadada ishtirok etib, o‘z rekordini yana yangilaydi
10.10.2019 19:40,  
173

Germaniyaning Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida Oksana Chusovitina 12-o‘rinni egalladi va bu natija unga Tokio-2020 Olimpiadasi litsenziyasini taqdim etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va AQSh davlatlari atletlaridan tashqari qolgan barcha mamlakatlar sportchilari jahon chempionatida kuchli 24 talikdan joy olishsa, kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani naqd qilishardi.

Yuqorida sanab o‘tilgan davlatlar sportchilari esa olimpiada liyensiyasiga ega bo‘lishlari uchun kuchli uchlikka kirishlari talab etiladi. Bunga sabab, bugungi kunda Xitoy, Yaponiya, Rossiya hamda AQSh terma jamoalari sport gimnastikasida qolgan yurt sportchilaridan anchagina ilgarilab ketishgan va mazkur qaror boshqa davlatlar atletlariga ham imkoniyat taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli Oksana Chusovitina bungacha Barselona-1992, Atlanta-1996, Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008, London-2012 hamda Rio-2016 olimpiadalarida ham ishtirok etgan. Jumladan, u 1992 yilgi Barselona olimpiadasi g‘olibi sanaladi. Demak, Tokio-2020 olimpiadasi hamyurtimiz uchun sakkizinchi Olimpiya o‘yinlari hisoblanadi. Bu vaqtda sportchimiz 45 yoshga qadam qo‘ygan bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан