Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar duduqlanishning sababini aniqlashdi
21.07.2019 12:16,  
70

Leypsigdagi Maks Plank nomidagi kognitiv va miya fanlari instituti olimlari va Gettingen universiteti tibbiyot markazi ilmiy xodimlari nutqdagi nuqsonlarni miyaning ikkala yarimsharidagi ba’zi retseptorlarning sinxron ishlamasligi keltirib chiqarishini aniqladilar. Olimlarning aytishicha, nutqida nuqson bilan tug‘ilgan odamlarning miya yarimsharlaridan biri ikkinchisiga nisbatan faolroq ishlaydi va bu bilan nutq shakllanishini qiyinlashtiradi va duduqlanishni keltirib chiqaradi. 

Duduqlanishga ega odamlar miyasi tuzilishi va faolligining o‘rganilishi ularda o‘ng miya yarimshari asab tolalari tarkibi bo‘yicha chap yarimsharnikidan jiddiy farqlanishini ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, miyaning ba’zi qismlarining, misol uchun nutqni shakllantiradigan va rejalashtiradigan chap pastki peshona miya egriligi va chap yarimshar motorik po‘stlog‘i giperfaolligi nutqdagi nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан