Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar Lox-Ness maxluqining mavjudligi borasida hech qanday dalil topa olishmadi
5.09.2019 18:04,  
91

Yangi Zelandiyadagi Otago Universiteti olimlari “Lox-Ness maxluqi” borasida o‘tkazilgan o‘z tadqiqotlari natijasini e’lon qilishdi. Tadqiqot muallifi genetik Nil Gemmelning aytishicha, Lox-Ness ko‘lida yashashi da’vo qilingan jonzotning hech qanday izi topilmagan. Bu haqda Yangi Zelandiyadagi 1 NewsNow nashri xabar bermoqda.

Genetik o‘z tadqiqotini o‘tgan yili boshlagan,  u Lox-Ness ko‘lidan topilgan barcha DNK namunalarini o‘rganib chiqib, suv havzasining bioxilmaxillik xaritasini tuzgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot boshlangunicha olimlar jamoasida ko‘lda haligacha o‘sha afsonaviy maxluq yashayotganini isbotlashi da’vo qilingan 4 mingga yaqin nazariya bo‘lgan. Tadqiqot jarayonida olimlar bu nazariyalarning barchasini rad etishgan, faqat bitta nazariya qolgan.

Gemmelning ta’kidlashicha, olimlar ko‘lning turli nuqtalaridan 250 dan ortiq suv namunalarini olishgan. Unda yashovchi barcha jonzotlar teri qoldig‘i, tana po‘stlog‘i, tezak yoki peshob tarzida o‘z DNKsini qoldirgan. Genetiklar bu suv namunalarni o‘rganib, 500 milliondan ortiq genlarni aniqlashgan. Ularning hammasi qayta tahlil qilingan, mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirilgan.  Ish natijalariga ko‘ra olimlar shunday xulosaga kelishdi: afsonaviy maxluqni ko‘rganini da’vo qiluvchilar aslida yirik ilon bilan to‘qnash kelgan. Olimlar to‘plagan ma’lumotlarda baliqlarning hajmi haqida hech qanday gap yo‘q, ammo Gemmelning hisoblashicha, Lox-Nessda yashovchi ilonning uzunligi 1,8 metrga yetadi.

Lox-Ness maxluqi (Nessi) – shotland afsonasiga ko‘ra Lox-Ness ko‘lida yashovchi ulkan jonzot. Bu jumboqli maxluq haqidagi ilk qaydlar VI asrga tegishli bo‘lib, uning mavjudligi borasida guvohlik beradigan ilk hujjat General Ueyd ko‘lning janubiy qirg‘og‘ida yo‘l qurdirgan davrga, XVIII asrga tegishli. Maxluq mavjudligi haqidagi nazariya tarafdorlaring ko‘pchiligi u pleziozavrning sudralib yuruvchi shakli bo‘lgan, deb hisoblaydi. Biroq o‘tgan yillarda olib borilgan kuzatuvlarda bu maxluqning mavjudligini tasdiqlovchi bironta ashyoviy dalil, yoki uning jasadi topilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан