Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi
17.07.2021 14:29,  
76

Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri nomidan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan 20 nafar, jumladan 17 nafar Olimpiya va 3 nafar Paralimpiya sportchilarga ularni ruhlantirish maqsadida shahar hokimining tashabbusi bilan 100 mln so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Yoshlar bilan uchrashuvda Olimiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan sportchilarni musobaqadan avval ham kayfiyatini ko‘tarish kerakligi haqida aytgan edi. «Qancha ularni e’tirof etsak ularda g‘alabaga ehtiyoj paydo bo‘ladi», — degan edi prezident.

Bunga qadar, Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, Spark rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан