Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy Majlis deputati 47 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi
8.07.2021 21:17,  
330

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurahim Qurbonov 47 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati.

Abdurahim Qurbonov 1974 yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. O‘sha yili u Termiz davlat universitetida dars berishni boshlagan. 1999 yildan 2001 yilgacha u aspirant, o‘qituvchi, so‘ngra universitetning katta o‘qituvchisi bo‘lgan.

2009 yilda u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida ish boshlagan. 2010—2019 yillarda Qonunchilik palatasining Qonunchilik, sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan. 2019 yilda Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquqiy masalalar qo‘mitasi a’zosi lavozimini egallagan.

Vafotiga qadar agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан