Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Olmaliq shahrida erkaklar va qizlar o‘rtasida janjal» nomli video yuzasidan munosabat bildirildi
13.02.2022 08:48,  
701

Ijtimoiy tarmoqlarda «Olmaliq shahrida erkaklar va qizlar o‘rtasida janjal» nomli video yuzasidan IZOH.

Mazkur holat joriy yilning 11 fevral kuni soat 21:30 da Olmaliq shahar, Birdamlik MFYda joylashgan «Marhamat» restoranida sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Xabarga asosan shu vaqtda voqea joyiga Olmaliq IIB tezkor tergov guruhi yetib borganlar.

O‘rganishlar davomida, janjal ishtirokchilari 6 nafar (2 nafar erkak, 4 nafar ayol )lar aniqlanib IIB ga olib borilgan.

Tibbiy ko‘rik xulosasida ularning mast holda bo‘lganliklari aniqlangan.

Hozirda hodisa ishtirokchilariga sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishlari uchun yo‘llanma berilib, Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea guvohlari va restoran mas’ullari ishga jalb qilingan. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан