Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olmaliq shahrida ham ayollar yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Ular nimadan norozi?
30.04.2021 21:52,  
670

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bir guruh ayollar bandlik masalasi sabab mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, mas’ullar tomonidan ayollarning murojaatlarini hal etish choralari ko‘rilgan. Shuningdek, yo‘lning qatnov qismi harakat uchun ochilib, vaziyat nazoratga olingan.

Holat yuzasidan Olmalik kon metallurgiya kombinati munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, har yili hududlarda mahalliy hokimliklar tomonidan Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi shakllantirgan ruyxat asosida kvotalangan ish o‘rinlari taqsimoti belgilanadi.

Ma’lum qilinishicha, Olmaliq shahrida ham barcha korxona-tashkilotlar kesimida kvotalangan ish o‘rinlari soni belgilab beriladi. Mehnat bozorida munosib ish topishga qiynalayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar mahalliy hokimliklar tomonidan Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari ijrochiligida tegishli komissiya a’zolari ishtirokida, yuqorida qayd etilgan nizom talablariga muvofiq, kvota bilan ta’minlanadilar. Xususan, Olmaliq kon metallurgiya kombinati tomonidan ham har yili kvota asosida yuzlab shunday shaxslar ishga qabul qilib kelinishi aytilgan.

Aniqlanishicha, 2020 yilda 2297 nafar fuqaro kombinat korxonalariga ishga qabul qilingan, shulardan 627 nafari yoshlar, 131 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, 2021 yilning 26 apreligacha 362 nafar fuqaro ishga jalb qilingan. Shulardan 219 nafari yoshlar bo‘lib, ulardan 42 nafari «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolardir, 57 nafari esa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar ekani aytilgan.

Shuningdek, kombinat tomonidan ishsiz yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kombinatga tegishli bo‘lgan 250 gektar yer maydoni ajratilgan. Ushbu yer maydonlariga kombinat mablag‘lari hisobiga talab yuqori bo‘lgan ekinlar ekilib, 287 nafar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar ish bilan band etilgan. Kombinatga tegishli noturar ob’yektlarni ijaraga berish evaziga 50 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil boshidan jami 699 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlari tarqalgan, Olmaliqning markaziy ko‘chasida to‘plangan ayollar 1 aprel kuni Olmaliq shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kvota olishgan. Hozirda bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ishtirokida vaziyat batafsil o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda bir guruh ayollar mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан