Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olmazorda voyaga yetmagan bola tengdoshini pichoqlab qo‘ydi
8.04.2021 11:55,  
224

Toshkent shahar Olmazor tumanida 17 yoshli voyaga yetmagan bola o‘z tengdoshi bilan janjallashib, uni pichoqlab qo‘ydi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 4 aprel kuni soat 19:00 larda A.J. ismli yigit Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan Mir Cinema do‘koni oldida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan voyaga yetmagan 17 yoshli S.A. bilan hech bir sababsiz janjallashgan.

Shu vaqtda A.J. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.A. badanining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

TTA-2 kilinik shifoxonasining tibbiy ma’lumotida S.A.da qorin old, ikkala kurak, chap bel sohasi, ikkala son tashqi yuzasi va o‘ng dumba qismida kesilgan jarohatlari ko‘rsatilgan.

Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (sovuq qurolni namoyish qilib, uni qo‘llab, bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ushbu janjalning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан