Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​"Omikron": Yangi yil arafasida qator davlatlarda qat’iy karantin choralari ko‘rilmoqda
22.12.2021 11:24,  
82

So‘nggi kunlarda koronavirusning “omikron” shtammi yana qator mamlakatlarga kirib borgani tasdiqlandi. Ular orasida Tailand va Gruziya ham bor. Rossiyada esa bu virus turi bilan kasallanganlar soni 41 nafarga yetdi

Olimlar tomonidan yangi shtammni yuqtirganlarda xastalik nisbatan yengil o‘tayotgani aytilsa-da, afsuski, yo‘qotishlar ham bor. Xususan, Buyuk Britaniyadan so‘ng AQSh va Isroilda yangi mutatsiyadan ilk o‘lim holatlari qayd etildi. 

Yevropada pandemiyaning yangi to‘lqini avj olishi bilan bog‘liq xavotirlar allaqchon AQShga ham tahdid solgan. Mamlakat rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yerda “omikron” dominant, ya’ni yetakchi variantga aylanib bo‘ldi. 

Hozir Qo‘shma shtatlarda aniqlanayotgan kasallanish holatlarining to‘rtdan uch qismi aynan ushbu mutatsiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hukumat esa hademay mamlakat shifoxonalarida bo‘sh joy qolmasligidan tashvishda.

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyugening aytishicha, “omikron” Buyuk Britaniya, Daniya, Portugaliya va Irlandiyada allaqachon yetakchi shtammga aylangan. Yaqin haftalar ichida u Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham dominant pozitsiyani egallaydi. 

Yangi yil va Rojdestvo bayramlari yaqinlashgani sari mutaxassislarning xavotirlari ortib bormoqda. Chunki hozirgi murakkab epidemiologik vaziyatda bayram bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar, mehmondorchiliklar kasallikning tarqalish sur’atini yanada tezlashtirib yuborishi, shubhasiz.

Shundan kelib chiqib, qator mamlakatlar karantin cheklovlarini kuchaytirishga majbur bo‘lmoqda. Misol uchun, Germaniyada koronavirusga qarshi emlanmaganlar uylarida ikki kishidan, vaksina olgan va kasallikka chalinib bo‘lganlar esa o‘n kishidan ortiq mehmon qabul qilishlari mumkin emas. 

Daniyada bayram kunlari teatr, kinoteatr kabi jamoat joylari eshigiga qulf osiladi. Yangi Zelandiya "omikron" xavfi tufayli o‘z chegaralarini ochish muddatini yanvar oyidan fevral oyigacha uzaytirdi. Shveysariyada odamlar bar, restoran, sport zallari va boshqa jamoat joylariga vaksina pasportlari bilangina kiritiladi. Irlandiyada esa ana shunday muassasalar ish soati 20:00ga qadar cheklandi. 

JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusning yangi shtammidan himoyalanish uchun odamlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan bog‘liq rejalarini qayta ko‘rib chiqishga, imkon qadar ko‘pchilik bilan nishonlanadigan tadbirlarni keyinroqqa qoldirishga chaqirdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан