Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ona va uning 10 yoshli qizi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
5.01.2021 11:36,  
116

4 yanvar kuni soat 19:30da Xorazm viloyati Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga hududning Bog‘ot shaharchasi “Hurriyat” mahallasida yashaydigan 1989 yilda tug‘ilgan E.J.ning oila a’zolari olib kelingan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yildi.
Yosh oila xonadon sohibi E. J. va uning turmush o‘rtog‘i P.D. 1989 yilda tug‘ilgan. Ularning qizi B.Ch. 2011 yilda, o‘g‘li B.B. 2013 yilda tug‘ilgan. Tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinganda P.D. hamda uning qizi B.Ch. da biologik o‘lim aniqlangan.
Ayni paytda xonadon sohibi E. J. va o‘g‘li B.B. da is gazidan o‘tkir zaxarlanish miya shishi koma xolati aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiklik kozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, issiqlik manbaalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling hamda salomatligingizga doimo e’tiborli bo‘ling", - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан