Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oqqo‘rg‘onda yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etdi
27.11.2021 12:56,  
242

Oqqo‘rg‘onda yosh kelin-kuyov noodatiy tarzda vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligining hodisani o‘rganish to‘g‘risida chiqargan qarorida aytib o‘tiladi.

Qayd etilishicha, hodisa 26 noyabr kuni sodir bo‘lgan. “Sultonobod” MFYdagi Sh.D. nomida bo‘lgan xonadonda jami 2 nafar fuqaroning vafot etishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, tumanda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda uning sabablarini tekshirish bo‘yicha dastlabki zarur choralarni ko‘rish, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish maqsadida komissiya tuzilgan.

Holatga Bosh prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xayot Shamsutdinov ham munosabat bildirdi.

"Oqqo‘rg‘on tumanida er-xotin is gazdan zaharlanib vafot etganliklari holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deydi u o‘z izohida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан