Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Osmondagi bolalar-3” filmi suratga olinadi
1.04.2022 13:22,  
496

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinokonserni DUK tomonidan “Osmondagi bolalar-3” badiiy filmi  yaratiladi. Film ssenariy muallifi va rejissyor Zulfiqor Musoqov. 

“Osmondagi bolalar-3” to‘liq metrajli badiiy filmi avvalgi qismlarini takrorlamasdan o‘zgacha talqinda suratga olinadi. Unda “Osmondagi bolalar 1,2” filmlaridagi qadrdon qahramonlar Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyorlarning otalik maqomiga erishgani va farzandlari bilan munosabatlari aks etadi.

Zulfiqor Musoqov mashhur “Osmondagi bolalar” filmining yangi talqini haqida gapirdi:

— Menga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qachon “Osmondagi bolalar” filmini navbatdagi qismi chiqadi? Bizga qahramonlarning taqdiri qanday bo‘lgani juda qiziq” degan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi. Bundan bilinadiki, tomoshabin ularni o‘zlari bilan bir hayotda yashayotgandek qabul qilgan.
Shundan so‘ng, “Osmondagi bolalar-3” filmini ssenariysini yozdim. Uni Kinematografiya agentligi Badiiy kengashiga taqdim qildim. Kengash film ssenariysini ijobiy baholadi. Hozirda ijodiy guruh bilan mazkur kinofilm ustida ish boshlaganmiz.

Qahramonlar o‘sha-o‘sha. Aktyorlarga taklifimni aytganimda, ular bajonidil rozi bo‘ldi. Filmda Xurshid  ko‘zga ko‘ringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi bo‘lib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shug‘ullanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissyor Zulfiqor Musoqov “Abdullajon”, “Bomba”, “Kichkina tabib”, “Osmondagi bolalar 1, 2”, “Vatan”, “Xazonrezgi”, “Qo‘rg‘oshin”, “Novda”, “Qovun”, “Dadam betob”, “Berlin-Oqqo‘rg‘oni”, “Hayrat” kabi filmlarni suratga olgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан