Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otabek Sattoriy ishi ochiq sudda ko‘riladi
9.03.2021 17:12,  
265

Oliy Sud matbuot xizmatiga tayanib, "Human.uz" axborot portali xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat), 140 (haqorat qilish) va 165 (tovlamachilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqishga doir ochiq sud jarayoni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida 2021 yil 11 mart kuni soat 10.00 da boshlanadi.

Xabaringiz bor, 2021 yil 1 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining yopiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda “bloger, faol fuqaro” deya tavsiflanayotgan O. S. ga nisbatan Termiz shahar prokuraturasining “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan. Jinoyat-protsessual kodeksining 242-moddasi (qamoqqa olish) talabiga muvofiq ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi. 

Jinoyat-protsessual kodeksining 243-moddasi (qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi) ga asosan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya sudlov hay’atining 2021 yil 5 fevraldagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining 2021 yil 1 fevraldagi ajrimi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан